Sayyora aholisi hayotida insoniyat tarixidagi eng og‘ir davr keldi – Imomali Rahmon

Olam

image

Sayyora aholisi hayotida insoniyat tarixidagi eng qiyin davr keldi, deydi Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon. Bu haqda u bugun, 30 noyabr kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) Markaziy Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi ochilishida aytib o‘tdi.

“Dunyoni qayta bo‘lib olish va tabiiy resurslardan foydalanish yo‘lida qudratli davlatlar manfaatlarining to‘qnash kelishi, qurollanish tezligining oshishi, “sovuq urush”ning yangi bosqichining boshlanishi, axborot urushlari va kiberjinoyatchilikning kuchayishi, shuningdek, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari, ular bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalishi va boshqa muammolar sayyoramiz aholisi hayotida insoniyat tarixidagi eng og‘ir davr kelishiga sabab bo‘ldi”, deydi Imomali Rahmon.

Shundan so‘ng, Prezident partiya faoliyati haqida to‘xtalib, xususan, “XDP Tojikiston siyosiy va jamoat hayotida samarali rol o‘ynab, siyosiy madaniyatni shakllantirishga munosib hissa qo‘shayotganini” alohida ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon

Baholaganlar

579

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing