Saylovda Prezidentning ishonchli vakili bo‘lgan deputat yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 4 mart kuni Sayyora Fayziyeva O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Sayyora Fayziyeva 1962 yili Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Mazkur vazifaga tayinlangunga qadar u Ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent viloyati bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Fayziyeva 2023 yildagi prezidentlik saylovlarida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodini ko‘rsatgan Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili vazifasini bajargan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Kasaba uyushmalari Sayyora Fayzieva ishonchli vakil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing