Saylov natijasidan norozi namoyishchilar Atamboyevni ozodlikka chiqardi
Olam
−
06 Oktabr 2020
23866Qirg‘iziston sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev ozodlikka chiqarildi. Bu haqda "RIA Novosti" ma’lum qildi.
Qirg‘izistondagi parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan qirg‘izistonliklar namoyishga chiqishgan. Vaziyat murakkablashgan, namoyishchilar Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosining darvozasini sindirgan va ichkariga kirgan. U yerda esa mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev saqlanayotgan bo‘lgan.
Binoga kirib borgan namoyishchilar Almazbek Atamboyevning ozodlikka chiqarilishini talab qilishgan. Shundan so‘ng, ularning talabi bajarilib, Atamboyev qo‘yib yuborilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan 3,5 million saylovchining 1,98 millioni yoki 56,2 foizi qatnashgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rtta siyosiy partiya 7 foizlik barerdan o‘tib, mamlakatning eng yuqori qonun chiqaruvchi organining yangi tarkibiga kirishi mumkin. Bular “Birlik” (24%), “Makonim Qirg‘iziston” (24%), “Qirg‘iziston” (8%) va “Butun Qirg‘iziston” (7%) partiyalari.
Kecha, 5 oktyabrdan boshlab saylov natijalariga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyish Qirg‘iziston sotsial-demokratlari partiyasi (QSD) tarafdorlari tomonidan o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2019 yil avgustda qo‘lga olingan Atamboyevga nisbatan 11 yil va ikki oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi. Ataboyev jinoyat olamida mashhur bo‘lgan Aziz Batukayevni noqonuniy ozodlikka chiqarishda va korrupsiyada ayblangandi.
LiveBarchasi