Savitskiy muzeyidagi noyob asarlar Parijda namoyishga qo‘yiladi

Madaniyat-san’at

image

Parijdagi Arab dunyosi institutida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq amaliy san’atining XIX asr o‘rtalari – XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrda yaratilgan noyob asarlari ko‘rgazmasi ochiladi.


 Ko‘rgazma uchun eksponatlar muzey xodimlari va ularning fransuz hamkasblari tomonidan birgalikda tanlab olingan bo‘lib, Nukus shahrida joylashgan Savitskiy Davlat san’at muzeyi eksponatlari ko‘rgazma negizini tashkil etadi. Ular orasida qoraqalpoq xalqining an’anaviy dekorativ-amaliy san’ati asarlari va XX asrda ijod qilgan o‘zbekistonlik rassomlarning Turkiston avangardi oltin fondiga kiritilgan asarlari ham bor.

Parijga yo‘l oladigan eksponatlar orasida, marjon va firuza toshlari hamda kumush plastinalardan yig‘ilgan slindrsimon shaklga ega qoraqalpoq ayollarining XVII-XVIII asrlardagi an’anaviy bosh kiyimi — tobelik va turmush qurgan ayollar o‘z maqomiga urg‘u berish uchun kiygan – kimesheki bunga misol bo‘loladi.

Tanlab olingan eksponatlar orasidan sharq va uning rang-barangligidan ilhomlanib yaratilgan O‘rol Tansiqboyev, Viktor Ufimsev, Nadejda Kashina, Aleksandr Volkov, Aleksey Isupov mo‘yqalamiga mansub asarlar joy olgan.

Sibirda tug‘ilgan rassom Viktor Ufimsevning Markaziy Osiyo bilan tanishar ekan, asta-sekin an’anaviy Islom san’atini o‘rganib,  "Sharq motivi" asarida musulmon miniatyurasini aks ettirgan.

Savitskiy muzeyi tomonidan taqdim etilgan to‘plam Sharq madaniyati va xususan O‘zbekistonning rang-barangligi, o‘ziga xosligi va jozibasini ochib berishga mo‘ljallangan va u Yevropaning Arab dunyosi institutida taqdim etilishi G‘arb va Sharq bir-birini o‘zaro boyitishi mumkinligini yana bir bor tasdiqlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Savitskiy muzeyida saqlanayotgan noyob eksponatlar Rossiyaning “Garaj” muzeyiga yuborilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida: I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi 1966 yilda Nukus shahrida tashkil topgan. Muzeyning umumiy maydoni 6,9 ming kv metr bo‘lib, muzey xalq amaliy san’ati, qadimgi va o‘rta asrdagi Xorazm san’ati, 1920-1930 yillardagi o‘zbek va rus tasviriy san’ati, qoraqalpoq zamonaviy rangtasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma’rifiy bo‘limlar va 10 ming dona asarni o‘z ichiga olgan fond hamda ta’mirlash ustaxonasidan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

ko'rgazma muzey Savitskiy

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing