Rubio O‘zbekiston va AQSH tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi
Jamiyat
−
14:21 960 2 daqiqa
Bugun, 19 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan birgalikda “C5+1” vazirlar uchrashuvi doirasida tashkil etilgan “O‘zbekiston va AQSH: asrlar va qit’alar osha mushtarak tarix” ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram kanalida yozib qoldirdi.
“Xalqlarimiz o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarning boy tarixini yorituvchi ushbu ko‘rgazmada Ahmad al-Farg‘oniyning ilmiy merosi, Edgar Allan Poning Amir Temurga bag‘ishlangan she’riy to‘plami, amerikalik sayohatchilarning o‘lkamiz haqidagi asarlari va boshqa bebaho meros namunalari o‘rin olgan”, deydi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.
.jpg)
.jpg)
Uning bildirishicha, shuningdek, 1973 yilda yo‘lga qo‘yilgan Toshkent–Sietl birodarlik aloqalariga oid materiallar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikning tarixiy ildizlarini yana bir bor namoyon etgan.
“Mushtarak tariximizni chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlab, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorligimiz uchun yangi imkoniyatlar ochadi”, deb yozdi Saidov.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiyor Saidov Marko Rubio bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni NASA bilan hamkorlikni kengaytirishga imkon beruvchi Artemida bitimlarini imzoladi.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Marko Rubio bilan birgalikda Samarqanddagi mashhur Registon maydonida bo‘lgani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi