Savdo urushi: Xitoyda AQSH tovarlari uchun yangi bojlar kuchga kirdi

Olam

image
Kanada AQSH ustidan JSTga shikoyat qildi north_east

Kanada AQSH ustidan JSTga shikoyat qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi avj olmoqda. Bugun, 10 mart kuni Xitoyning AQSH qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga yangi tariflari kuchga kirdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Amerikaning bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga 10-15 foiz miqdorida jarima solindi. Bu Xitoydan AQSHga import qilinadigan tovarlarga tariflarning navbatdagi oshirilishiga javoban amalga oshirildi.

Fevral boshidan beri AQSH Xitoy importiga 10 foizlik boj qo‘ygan, o‘tgan hafta esa bu 20 foizga oshirilgan. Bunga javoban Xitoy Qo‘shma Shtatlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga yangi bojlar e’lon qildi.

Xitoy Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shimcha 15 foizlik bojlar AQSHdan tovuq, bug‘doy, makkajo‘xori va paxta importiga nisbatan qo‘llaniladi. Jo‘xori, soya, cho‘chqa go‘shti, mol go‘shti, baliq, meva, sabzavot va sut mahsulotlariga 10 foizlik boj qo‘yiladi.

10 martgacha jo‘natilgan va Xitoyga 12 aprelgacha yetib boradigan tovarlarga yangi bojlar ta’sir qilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy boj savdo urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing