Savdo urushi: AQSH Xitoyga o‘z so‘zini o‘tkazdi

Olam

image

AQSH va Xitoy o‘rtasida imzolanishi kutilayotgan savdo kelishuvining ayrim tafsilotlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, rasmiy Pekin Amerika sanoatining 4 sohasidan 200 mlrd dollarlik mahsulot sotib olishi kerak bo‘ladi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar tarqatdi.

Xitoy Amerikadan 75 mlrd dollarlik sanoat, 50 mlrd dollarlik energiya tashuvchi tovarlar, 40 mlrd dollarlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari va 35-40 mlrd dollarlik xizmatlarni xarid qilishi kerak bo‘ladi.

Avvalroq, tahlilchilar kelishuvga ko‘ra, Xitoy Amerika sanoatning 3 sohasidan mahsulot sotib olishi kerak bo‘lishini taxmin qilgandi.

AQSH va Xitoy o‘rtasida savdo kelishuvning birinchi fazasi shu haftada imzolanishi kutilyapti. Xitoy Davlat kengashi vitse-Bosh vaziri Lyu Xe shuning uchun Vashingtongga uchib borgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Xitoy 2018 yilning yozidan beri savdo urushini olib boradi. Ular oldinma-keyin bir-birining mahsulotlariga bojlar joriy qilib kelyapti. Bularning bari AQSH Prezidenti Donald Trampning import qilinidigan po‘lat va alyuminiyga boj joriy qilishi bilan boshlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Xitoy savdoa urushi

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing