Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
19 aprel
17676Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Omonboyeva firibgarlik jinoyatini sodir etishda gumonlanmoqda. U Navoiy shahar hokimi orqali yer maydoni olib berishni va’da qilib, quruvchi tadbirkordan katta miqdorda pul olgani aytilyapti.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28,211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Merey Omonboyeva 1997 yilda Navoiy viloyati, Nurota tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. U 2020 yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Omonboyeva 2024 yil 6 mart kuni Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi. Tayinlovga qadar Navoiy shahri “Zarafshon” MFYda hokim yordamchisi vazifasida ishlagan.
2021 yilning avgust oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan tadbirda Merey Omonboyeva so‘zga chiqib, Prezidentning viloyatga kelganidan “dux” olganini aytgandi. Unga Prezident sovg‘asi sifatida avtomobil hadya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Merey Omonboyeva o‘tgan oy boshida Savdo-sanoat palatasining Navoiy viloyati boshqarmasiga rahbar etib tayinlangandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr