Sautgeyt Angliya termasi murabbiyligidan ketdi

Sport

image

Angliya terma jamoasi ustozi Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasini tark etdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

2016 yildan beri terma ustozi sifatida faoliyat olib borayotgan 53 yoshli Sautgeyt bilan Angliya terma jamoasi 2 marta Yevro finaliga chiqdi va Jahon chempionati yarim finali qadar yetib bordi.

Oxirgi Yevroda Angliya terma jamoasi finalda Ispaniya bilan bahs olib borib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va kumush medallar bilan kifoyalandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya qiroli Charlz III Sautgeytga xat yozib, Yevro-2024 finaliga chiqish juda katta yutuq va butun xalq bundan faxrlanishi kerakligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Garet Sautgeyt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made