Saudiyaga Haj uchun borgan 75 ming kishi qo‘lga olindi
Olam
−
04 iyun
22864Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 75 mingdan ortiq haj qoidalarini buzgan shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda “Al Bawaba” xabar berdi.
Xavfsizlik boshqarmasi rahbari, general-mayor Muhammad al-Bassami Makka shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 269 mingdan ortiq ruxsatsiz kelgan shaxslar Makkaga kirishdan qaytarilgani, shuningdek, 75 ming 943 ta boshqa qoidabuzarliklar aniqlanganini aytgan.
Qolaversa, Bassami 252 ta soxta haj guruhlari va 1 ming 239 ta qoidabuzar transport vositalari aniqlangani, 109 ming 632 ta ruxsatnomaga mos kelmaydigan avtomobillar qaytarilganini ma’lum qilgan.
“Xavfsizlikni buzishga yoki qoidalarni buzishga harakat qilganlarga qat’iy choralar ko‘riladi”, degan u o‘z nutqida.
Davlat xavfsizlik qo‘shinlari maxsus bo‘limining rahbari, general-mayor Muhammad al-Omari ziyoratchilar xavfsizligini ta’minlash va ularni tartib bilan boshqarish bo‘yicha qat’iy rejalar ishlab chiqilgani, ruxsatsiz shaxslarning muqaddas joylarga kirishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.
Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general Hamud al-Faraj, birinchi marta yong‘in o‘chirish va qutqarish uchun maxsus dronlar tizimga joriy etilganini bildirgan.
Mamlakatning Haj va Umra vazirligi ziyoratchilarni yuqori haroratga qarshi ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.
Shuningdek, rasmiy transport vositalaridan foydalanish, piyoda yurmaslik va unga rioya qilish zarurligi ta’kidlangan.
Vazirlik ziyoratchilar xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning mehmonlarini barcha qoidalar va ko‘rsatmalarga amal qilishlari uchun ogohlantirishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 aprel kunidan boshlab Saudiya Arabistoni ruxsatnomasiz haj amalini ado etganlar va bunga yordamlashganlarga jarima va deportatsiya kabi choralarni qo‘llashi haqida xabar berilgan edi. Yangi choralarga ko‘ra, ruxsatnomasiz haj ibodatini ado etayotgan yoki ado etishga urinayotgan shaxslarga 20 000 Saudiya rialigacha (5,3 ming AQSH dollari) miqdorida jarima solinadi. Shu bilan birgalikda, Makkaga ruxsatnomasiz haj qilish uchun bostirib kirganlar, xoh u yerda yashovchilar bo‘lsin, xoh muddatidan ortiq yashovchilar, deportatsiya qilinadi va 10 yil davomida Saudiya Arabistoniga kirishi taqiqlanadi.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul