Saudiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni aviaqatnovlar jadvalidagi ehtimoliy o‘zgarishlarni hisobga olishga hamda ehtiyotkorlik choralari, tinchlik va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mintaqada saqlanib qolayotgan keskinlik hamda havo qatnovlari faoliyatida davriy ravishda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, xorijiy davlatlarga safarlarni rejalashtirishda aviareyslar jadvali, parvoz yo‘nalishlari va tranzit qoidalariga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olish so‘raladi.

Saudiya Arabistoni hududida ichki vaziyat barqarorligicha qolmoqda, jamoat xavfsizligiga tahdidlar yoki maxsus cheklov choralari qayd etilmagan.

Shu bilan birga, umumiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, parvozlar logistikasi, tranzit yo‘nalishlari va kutish vaqtlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar safar shartlari va uning davomiyligiga ta’sir ko‘rsatishi, jumladan, parvozlarning kechikishi, majburiy ravishda boshqa reysga o‘tkazilishi yoki parvoz yo‘nalishining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasidagi chegara hududlariga yaqinlashmaslik, xavfsizlik masalalari bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlarining ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish, harbiy ob’ektlar, turli hodisalar oqibatlarini tasvirga olmaslik, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik, rasmiy axborot manbalaridan foydalanish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo olib yurish tavsiya etiladi.

Zarur hollarda O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalari bilan bog‘lanish so‘raladi. 

O‘zbekistonning Ar-Riyozdagi elchixonasi:

  • Telefon: +966 11 263 52 23, konsul: Shuxrat Ibragimov;
  • +966 56 721 77 31 (Telegram / WhatsApp).

O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi:

  • Telefon: +966 12 607 72 50, konsul: Azimjon Kobiljonov;
  • +966 59 439 08 50 (Telegram / WhatsApp).

“Barchani ehtiyotkorlikka rioya qilish hamda tinchlik va xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida husiylar tomonidan amalga oshirilgani aytilgan ikki hujum oqibatida 3 nafar fuqaro halok bo‘lib, 36 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing