Saudiyada “kelajak teatri” quriladi (foto)

Bu qiziq

image

Saudiya Arabistonining NEOM hududiy rivojlantirish agentligi noyob "Utamo" nomli kelajak teatrining loyihasini e’lon qildi. Bu haqda “Parametric architecture” nashri xabar berdi. 

Bildirilishicha, teatr Saudiya Arabistonining shimoli-g‘arbiy qismida, Aqaba ko‘rfazi yaqinidagi tog‘ qa’rida quriladi va undagi tabiat go‘zalligi ilg‘or texnologiyalar bilan uyg‘unlashtiriladi. Unda butun dunyodan kelgan eng yaxshi san’atkorlarning chiqishlari uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali katta zal bo‘ladi. Shuningdek, u raqs maydoni, VIP zallari va taniqli restoranlarni o‘z ichiga oladi.

"Utamo"ga kirish uchun 64 metr balandlikka ko‘tarilishga to‘g‘ri keladi. Teatrga 50 dan ortiq turdagi butalar, o‘simliklar va gullar bilan bezatilgan, rang-barang chiroqlar bilan yoritilgan bog‘ yo‘li orqali kiriladi. 

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ushbu loyihaga Rikardo Bofill va Jordjio Kui me’morlik qilmoqda. 

“Utamo" dunyodagi eng noyob maskanlardan biri, eng buyuk san’atkorlar eksklyuziv tajriba uchun yig‘iladigan kelajak teatri bo‘ladi”, dedi bosh me’mor Rikardo Bofill.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qizil dengizdagi Aqaba ko‘rfazi yaqinida zamonaviy jamiyatning notinch hayoti va stressdan qochish maqsadida dengiz qirg‘og‘ida noodatiy "Epicon" osmono‘par binolar juftligi qurilishi ma’lum qilingandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

teatr Saudiya Utamo Aqaba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing