Saudiyada erta nikoh taqiqlandi
Olam
−
26 dekabr 2019
6291Saudiya Arabistoni Adliya vazirligi mamlakatda nikoh yoshini 18 yosh etib belgiladi va bundan kichik yoshdagilar o‘rtasidagi nikohni taqiqladi. Bu haqda “Saudi Gazette” nashri xabar berdi.
Adliya vaziri va Oliy sud kengashi raisi Shayx Valid al-Samaani barcha sudlarga 18 yoshdan kichiklarga nikoh taqiqlangani haqida sirkulyar yuborgan.
18 yoshdan kichik bo‘lganlar jufti bilan nikohni rasmiylashtirish uchun maxsus sudning ruxsatini olishlari kerak bo‘ladi. Sud erta nikoh yoshlarning kelgusi taqdiriga salbiy ta’sir qilish-qilmasligini o‘rganadi.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda O‘zbekistonda ham nikoh yoshi qizlar uchun 18 yosh etib belgilandi. Natijada o‘g‘il bolalar va qizlar uchun nikoh yoshi tenglashtirildi.
LiveBarchasi