Saudiya Umra safariga borgan falastinliklarga mamlakatda qolishga ruxsat berdi

Olam

image

Saudiya Arabistoni Umra uchun mamlakatga kelgan va Isroil hujumlari tufayli G‘azo sektoriga qayta olmagan falastinliklarga mamlakatda qolish uchun ruxsatnoma berdi. Bu haqda Falastin Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “NTV” nashri xabar berdi.

Falastin TIV bayonotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Isroil hujumlari tufayli o‘lkada qolib ketgan G‘azodan kelgan Umra ziyoratchilariga mamlakatda 6 oy davomida yashashga ruxsat bergan.

TIV mazkur qaror uchun Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonga minnatdorlik bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbosga o‘zi boshchilik qilayotgan hukumatni iste’foga chiqarish haqida iltimosnoma topshirgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Saudiya Arabiston falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made