Saudiya shahzodasi Muhammad bin Salmon Ronalduga og‘iz solyapti

Sport

image
0:00
0:00
download

Kecha, 22 noyabr kuni “Manchester Yunayted” bilan hamkorligini yakunlab, erkin agentga aylangan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatida qolishi yoki Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hujumchiga "Nyukasl" va "Al-Nasr" da’vogarlik qilmoqda. Etiborlisi, har ikki jamoaning egasi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmondir.

Avvalroq, Ronaldu jurnalist Pirs Morganga shov-shuvli intervyu berib, unda “qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Xag, jamoaning sobiq ustozi Ralf Rangnik va sobiq jamoadoshi Ueyn Runi haqida tanqidiy fikr bildirgan edi.

Qatardagi Jahon chempionatida Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi ertaga, 24 noyabr kuni Gana bilan dastlabki o‘yinda maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Nyukasl

Baholaganlar

482

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing