Saudiyada Neymarning “ostonasi tillodan bo‘ladi”

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi a’zosiga aylangan braziliyalik futbolchi Neymar ixtiyoriga 3 ta avtomobil va 25 xonali uy topshiriladi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga Bentley Continental GT, Aston Martin DBX va Lamborghini Huracan rusumli mashinalar beriladi. Mashinalarning umumiy qiymati 510 ming funt sterlingni (650 ming AQSH dollari) tashkil etadi.

Futbolchining uyi esa 25 ta xonadan iborat. Neymarning yangi xonadonida 3 ta sauna mavjud. Uyda 5 nafar doimiy xizmatchi, shu jumladan Braziliyadan kelgan oshpaz ish boshlaydi.

Shuningdek, hujumchi oilasi bilan sayohatlar uchun doim xususiy samolyotdan foydalanishi mumkin. Neymar shahardagi mehmonxona va restoranda ovqatlansa, barcha xarajatlar “Al-Hilol” tomonidan to‘lab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq braziliyalik futbolchi sevgilisi Bruno Byankardi bilan Saudiyada nikohsiz yashashi mumkinligi xabar qilingandi. Garchi mamlakatda nikohsiz yashash taqiqlangan bo‘lsa ham, Ronaldu va Neymar bu qonunlarni chetlab o‘ta oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Neymar Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made