Neymar ham Saudiya qonunlarini chetlab o‘tadi
Sport
−
15 avgust 2023 12072 1 daqiqa
“Al-Hilol” Neymar transferidan so‘ng futbolchiga barcha qulayliklarni yaratib beradi. Bu haqda “Foot Mercato” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hujumchi ixtiyorida shaxsiy samolyot va xizmatkorlari bo‘lgan katta uy bo‘ladi. Braziliyalik o‘zining sevgilisi Bruno Byankardi bilan nikohsiz yashashga ruxsat etiladi – garchi mamlakatda nikohsiz birga yashash taqiqlangan bo‘lsa ham.
Har bir g‘alaba uchun “Al-Hilol” futbolchiga 80 ming yevro to‘laydi. Saudiya Arabistonini reklama qilgan har bir ijtimoiy tarmoq posti uchun yana 500 ming yevro to‘lanadi.
Qayd etilishicha, Neymar “Al-Hilol”dagi o‘yinlari davomida jami imij huquqlari va boshqa imtiyozlari nazorat qilinishini inobatga olgan holda 400 million yevrogacha daromad qiladi.
Ta’kidlash joiz, Neymardagi vakolatlar portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduda ham bor. U ham Saudiyada suyuklisi Jorjina Rodriges bilan nikohsiz hayot kechirmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025