Saudiya klublari Varan uchun jiddiy kurash olib bormoqda
Sport
−
24 fevral
3097Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” klubi yozda “Manchester Yunayted” markaziy himoyachisi Rafael Varanni sotib olmoqchi. Bu haqda “90min” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi 30 yoshli futbolchiga yiliga 30 million yevro maosh taklif qilishga tayyor.
Shuningdek, Saudiyaning boshqa bir klubi “Al-Nasr” esa Varanga yiliga 58 million yevro maosh taklif qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum markaziy himoyachi barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.