Saudiya klubi Salohga “fazoviy narx” taklif qilmoqda

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni sotib olish uchun Angliya klubiga 150 million yevro taklif qilmoqda. Bu haqda CBS Sports jurnalisti Ben Jeykobs xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Liverpul” hali Saudiya klubidan rasmiy taklif olmagan, biroq “Al-Ittihod” bu transferga jiddiy qaramoqda. Hozircha esa “qizillar” hujumchini har qanday narx evaziga qo‘yib yuborishni istamayapti. 

Muhammad Saloh transferi qancha ortga surilgani sari “Al-Ittihod” rahbariyati narxni shuncha ko‘tarib bormoqda, ular taklif summasini hatto 200 million yevroga qadar oshirish istagida.

Misrlik futbolchi “Liverpul” bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Saloh “qizillar” safida 2017 yilning yozidan beri to‘p surib kelmoqda. U jamoa bilan birgalikda 2018/2019 yilgi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Ma’lumot uchun, “Al-Ittihod” safida “Real”ning sobiq futbolchisi, 2022 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Karim Benzema, “Chelsi” bilan Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan N'golo Kante va Salohning sobiq jamoadoshi Fabino to‘p tepadi.


Maqola muallifi

Teglar

Muhammad Saloh Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing