Saudiya klubi Saloh uchun 90 million yevro taklif qildi – manba

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh uchun 90 million yevrodan ko‘proq to‘lashga tayyor. Bu haqda jurnalist Rud Galetti o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Saudiya Arabistoni klubi “Liverpul”ning 31 yoshli misrlik hujumchisi uchun kurashni davom ettirmoqda.

“Al-Ittihod”ning yangi taklifi Saloh bilan xayrlashishni istamayotgan Angliya klubi qarorini o‘zgartirishi mumkin.

Hujumchi yangi klubida ikki mavsumda 180 million yevro ishlab oladi.

Agar “Liverpul” Saudiya klubi shartlariga rozi bo‘lsa, u holda bu o‘tish Saudiya ligasi tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Muhammad Saloh Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing