Saudiya klubi Muhammad Salohni kuzatishda davom etadi

Sport

image

Riyodning “Al-Hilol” klubi “Liverpul” vingeri Muhammad Salohni sotib olmoqchi. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bir necha yillardan beri Muhammad Saloh uchun kurashib kelayotgan Saudiyaning “Al-Hilol” klubi futbolchi bilan bo‘layotgan vaziyatni kuzatishda davom etadi. Klub vakillari futbolchining agenti bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Ammo hozirgacha rasmiy taklif bilan chiqilgani yo‘q. Qayd etilishicha, Neymarning ketishi rejalashtirilayotganidan kelib chiqib, “Al-Hilol” rahbarlari jamoaga foydasi tegadigan futbolchi olib kelish niyatida. Rahbariyatning futbolchini va “Liverpul”ni ko‘ndirishga qurbi yetadi.

Ma’lumot o‘rnida, misrlik vingerning “mersisaydliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. Joriy mavsumda u klub safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 17 ta assist qayd etdi. 32 yoshli futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 55 million yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Muhammad Saloh Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing