Saudiya klubi Messiga “dahshatli” taklif bilan chiqdi
Sport
−
04 mart 2023 24064 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi PSJ hujumchisi Lionel Messiga yirik shartnoma taklif qildi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi 35 yoshli futbolchining yaqinlari bilan bog‘lanib, jamoada o‘tkazgan har bir mavsum uchun 90 million yevro taklif qilgan, ammo Messi faoliyatini Yevropada davom ettirmoqchi. U hozircha AQSH va Saudiya Arabistonidan chiqayotgan takliflarni ko‘rib chiqish niyatida emas.
Joriy mavsumda hujumchi PSJ safida barcha turnirlar doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda parijliklar Fransiya chempionati jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Klub 8 mart kuni Myunxenda Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi javob o‘yinda “Bavariya”ga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025