Saudiya ketma-ket 3 ta Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi
Sport
−
06 may 7213 1 daqiqa
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2026, 2027, 2028 yilgi Osiyo kubogi bahslariga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Bu bo‘yicha Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
E’tiborlisi, Saudiya Arabistoni mazkur yosh toifasida oxirgi Osiyo kubogiga ham mezbonlik qilgandi va musobaqa finalida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi mezbonlarni dramatik bahsda mag‘lub etib, chempion bo‘lgandi.
Shunday qilib, 2025 yilgi qit’a birinchiligini ham qo‘shib hisoblaganda Saudiya Arabistoni ketma-ket 4 ta Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Mamlakat futbol federatsiyasi mezbonlik uchun kurashda Xitoy va Iroqni ortda qoldirdi.
Live
Barchasi