Saudiya Qorabog‘ni minalardan tozalashda Ozarbayjonga yordam beradi
Olam
−
17 yanvar 2024
2255Ozarbayjon minalar bilan kurashish agentligi (ANAMA) Saudiya Arabistoni Qorabog‘ni minalardan tozalash uchun moliyaviy yordam berishini ma’lum qildi.
Ozarbayjon hukumati Qorabog‘ hududi ustidan nazoratni qayta tiklaganidan so‘ng, mintaqani minalardan tozalashni rejalashtirmoqda. Mintaqada 1994-2020 yillar oralig‘ida mina xavfi barcha hududlarda, jumladan, o‘sha paytda sobiq Tog‘li Qorabog‘ va bir qator chegaradosh viloyatlarda ham mavjudligi ta’kidlandi.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, avvalroq, mintaqani minalardan butunlay tozalash uchun taxminan 30 yil va 25 milliard dollar kerak bo‘lishini aytgan edi.
“Saudiya Arabistoni hukumati qirol Salmon gumanitar yordam markazi orqali Ozarbayjonning minalardan tozalash faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi Arab ma’muriyatining bayonotida.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligiga ko‘ra, bugun, seshanba kuni Saudiya Arabistoni Milliy Mudofaa Universiteti va Qo‘mondonlik-shtab kolleji ma’murlari ham Bakuga tashrif buyurgan.
O‘zaro suhbat chog‘ida harbiy ta’lim sohasida hamkorlik va bu borada amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida Armaniston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi protokol imzolangan edi va Saudiya Armaniston bilan aloqa o‘rnatishdan oldin Ozarbayjonni ogohlantirgani aytilgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar