Saudiya Isroilning falastinliklarni ko‘chirish g‘oyasini qoraladi

Olam

image

Saudiya Arabistoni Isroil vazirlarining falastinliklarni G‘azodan ixtiyoriy ko‘chishga chaqiruvchi bayonotlarini qoraladi. Bu haqda Saudiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Unda G‘azo aholisini ko‘chirish va yahudiy turarjoylarini qurish uchun G‘azoni qayta ishg‘ol qilishga chorlovchi Isroil hukumatidagi ikki vazirning ekstremistik bayonotlari nazarda tutilgan.

"Bunday harakatlar xalqaro insonparvarlik huquqlarining ochiqchasiga buzilishidir. Saudiya Isroil hukumati a’zolarining falastinliklarning G‘azo sektoridan ko‘chirilishini qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlarini keskin rad etadi", deyiladi ushbu munosabatda.

Oldinroq, Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning va Moliya vaziri Betsalel Smotrich G‘azo sektoridan falastinliklarning ixtiyoriy migratsiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi.

Isroil armiyasi radiosiga ko‘ra, Moliya vaziri Smotrich G‘azo inqirozi uchun eng to‘g‘ri yechim qochqinlarni qabul qilishga tayyor davlatlarning ixtiyoriy migratsiyani rag‘batlantirishi ekanini aytgan.

HAMAS bu bayonotlarni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan “xayol” deb baholagan va xalqaro hamjamiyatni jim qarab turmaslikka chaqirgan.

Shuningdek, bu bayonotlar AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, BMT va Yevropa Ittifoqi tomonidan ham rad etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil falastinliklar ko'chirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing