Saudiya Arabistonida ruxsatsiz Haj qilishga uringan 300 mingdan ortiq kishi ushlandi

Olam

image

Saudiya Arabistoni rasmiylari Hajda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tmagan 300 mingdan ortiq odamni ushlandi. Bu haqda "Al Jazeera" xabar berdi

So‘nggi kunlarda qo‘lga olinganlar orasida ziyorat vizasi o‘rniga turistik vizalar bilan Haj ziyoratiga borishga uringan 157 mingga yaqin xorijlik bor.

Haj xavfsizligi qo‘mitasi rahbari Muhammad ibn Abdulloh Al-Basamiy Haj qoidalari va ko‘rsatmalariga rioya qilmagan 140 nafar ziyoratchilar guruhi va 64 transport tashkiloti aniqlanganini ma’lum qilgan. Saudiya Arabistoni rasmiylariga ko‘ra, 8 iyundan buyon mamlakatga ro‘yxatdan o‘tgan 1,3 milliondan ortiq ziyoratchi Hajda qatnashish uchun kelgan.

Saudiya Arabistoni rasmiylari har yili noqonuniy ravishda Haj ziyoratini ado etishga uringan shaxslarni qo‘lga oladi. O‘tgan yili 17 mingdan ortiq odam ruxsatsiz hajga borishga uringani uchun ushlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat hukumati xorij fuqarolari va rezidentlarini 2024 yilgi Hajda noqonuniy ishtirok etganlik uchun qattiq jazolanishidan ogohlantirgan edi. Bayonotga ko‘ra, ziyorat qilish uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxslar 2 oydan 6 oygacha qamoq jazosiga va 50 ming Saudiya rioligacha (13,3 ming dollardan ortiq) jarimaga tortilishi mumkin. Bu borada qo‘lga olingan xorijliklar ham deportatsiya qilinadi va 10 yilga mamlakatga kirishi taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Haj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing