Saudiya Arabistoni ziyoratchilarni ogohlantirdi
Olam
−
28 fevral
36560Saudiya Arabistoni ziyoratchilar va aholini 2024 yilgi Haj mavsumida zarur ruxsatnomalarsiz qatnashishdan ogohlantirdi. Bu haqda “Gulf News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida qattiq jazo choralari joriy etilgan. Saudiya Arabistoni rasmiylari Pasportlar Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Haj qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan og‘ir oqibatlarni belgilagan.
Xususan, Haj va Umra vazirligi zarur ruxsatnomalarsiz haj qilish noqonuniy ekanini va 50 ming Saudiya riali (13 331,63 dollar) miqdorida jarimaga tortilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, tegishli ruxsatnomasiz ziyoratchilarni olib ketayotgan shaxslar ham 50 ming rialgacha (13 331,63 dollar) jarimaga tortiladi.
Bunday qonunbuzarliklarda aybdor deb topilgan chet ellik fuqarolar olti oyga qamoqqa olinadi, keyin Saudiya Arabistonidan deportatsiya qilinadi. Ularga 10 yil davomida mamlakatga qayta kirish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, qoidalarni buzganlar ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik oldida obro‘sizlantiriladi.
LiveBarchasi
26 noyabr