Tunda 94 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2020
6692Bugun, 5 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 94 nafarga oshib, 43169 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
59 nafari Toshkent shahrida;
18 nafari Toshkent viloyatida;
7 nafari Andijon viloyatida;
7 nafari Namangan viloyatida;
3 nafari Qashqadaryo viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 72 yoshli X.S. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli L.Sh. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 40432 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2396 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 368 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi