Saudiya Arabistoni Tramp qayta saylansa, Isroilni tan olishi mumkin – “Reuters”

Olam

image

Saudiya Arabistoni hukumati agar Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp AQSH prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozonsa, Isroil bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishga rozi bo‘lishi mumkin. Bu haqda manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, agar Tramp vositachiligida Isroil bilan kelishuv tuzilsa, uni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Shu bilan birga, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilgi saylovlarda Tramp mag‘lubiyatga uchraganidan keyin ham bu masala bo‘yicha Muhammad bin Salmon bilan aloqani davom ettirgan AQSHning sobiq prezidentining kuyovi Jared Kushner Saudiya Arabistoni rahbariyati bilan muzokaralarda ishtirok etadi.

“Reuters” manbalariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishda muvaffaqiyatga AQSHdagi saylov poygasi demokrat nomzod Kamola Harrisning g‘alabasi bilan yakunlangan taqdirda ham erishiladi.

“Ammo bu holatda Isroil bilan bitim tuzish ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin”, deb hisoblaydi agentlik suhbatdoshlari.

Saudiya Arabistoni va Isroil uzoq vaqtdan beri munosabatlarni normallashtirishga harakat qilmoqda. Biroq bu jarayon 2023 yilda Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashganidan keyin to‘xtatilgan edi.

Ma’lumot uchun, 2024 yil sentyabr oyida Muhammad bin Salmon uning mamlakati mustaqil Falastin davlati yaratilmasdan turib, Isroilni tan olmasligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Tramp Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing