Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi kurash uchun yarim milliard dollar ajratdi

Olam

image

Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasiga qarshi global sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 million dollar yordam ko‘rsatishga va’da qildi. Bu haqda G20 rasmiy saytida ma’lum qilingan.

“Saudiya Arabistoni epidemiyaga tayyorgarlik koalitsiyasiga (CEPI) 150 million dollar, vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyansga (GAVI) 150 million dollar va boshqa xalqaro va mintaqaviy tibbiyot tashkilotlari va dasturlariga 200 million dollar beradi”, deyiladi hujjatda.

Qirollik, shuningdek, barcha davlatlar, nodavlat tashkilotlari, xayriya institutlari va xususiy sektor vakillarini koronavirus bilan kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishdagi 8 milliard dollarlik bo‘shliqni to‘ldirishga yordam berishga chaqirgan.

15 aprel kuni G20 mamlakatlari Saudiya Arabistoni tomonidan taklif qilingan kambag‘al mamlakatlarga qarzlarni to‘lashni kechiktirish rejasini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Jadaan G20 moliya vazirlari va markaziy banklar rahbarlarining virtual uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. U, shuningdek, G20 mamlakatlari koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun global iqtisodiyotga 7 trln dollar ajratganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing