Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamanga bombalar yog‘dirdi

Olam

image

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning jangovar aviatsiyasi Yamandagi bir qator provinsiyalarga, shu jumladan, poytaxt mintaqalariga keng ko‘lamli hujumlarni amalga oshirdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxt Sananing turli joylari, shu jumladan, xalqaro aeroport yaqinida ham kuchli hujumlar bo‘lgan. Mahalliy OAVning xabar berishicha, havo hujumlari natijasida bir necha nafar odam halok bo‘lgan. Bundan tashqari, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlarning birida Xusiylar hukumati nazoratidagi Axborot vazirligi binosi shikastlangan.

Bundan tashqari, shimoliy Saada provinsiyasiga qilingan havo hujumlari oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi va to‘rt tinch aholi jarohat oldi. Mahalli OAV xabariga ko‘ra, havodan qilingan hujumlar mahalliy aholining uylarini vayron qilgan. Shuningdek, Sananing o‘zida 20 ga yaqin zarba bo‘lganini, poytaxt viloyatidagi boshqa nishonlarga deyarli bir xil hujum qilingani aytilmoqda.

Kecha, 1 iyul kuni koalitsiya xusiylarning jangovar salohiyatini yo‘q qilish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ta’kidlanganidek, xusiylar tomonidan Saudiya Arabistoniga ballistik raketalar va dronlar yordamida qilingan hujumlarga javoban harbiy operatsiya o‘tkaziladi. "Amaliyot xusiylarning jangovar salohiyatini zararsizlantirish va yo‘q qilishga, shuningdek, ular keltirib chiqaradigan tahdidni bartaraf etishga qaratilgan", deb ta’kidlanadi alyans bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Yaman

Baholaganlar

295

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing