Saudiya Arabistoni barcha viza egalariga Umra ziyoratiga ruxsat berdi

Olam

image

Endilikda Saudiya Arabistoni hududida barcha turdagi viza egalari Umra ibodatini ado etishi mumkin. Bu haqda mamlakatning Haj va Umra vazirligiga tayanib, “Gulf News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qaror umra ziyoratchilari uchun jarayonlarni soddalashtirish, Haj va Umra tizimida xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish hamda Saudiya Arabistonining “Vision 2030” dasturi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash doirasida qabul qilingan. 

Vazirlikka ko‘ra, ushbu ruxsat quyidagi vizalarni o‘z ichiga oladi: 

  • shaxsiy va oilaviy tashrif vizalari;
  • elektron sayyohlik vizalari;
  • tranzit vizalar;
  • ish vizalari va boshqalar.

“Bu qadam mamlakatning butun dunyo musulmonlariga diniy marosimlarini yengillik va xotirjamlik bilan ado etish imkonini berishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Shuningdek, vazirlik “Nusuk Umrah” platformasi ishga tushirilganini e’lon qilgan. Ushbu tizim foydalanuvchilarga Umrani to‘g‘ridan to‘g‘ri bajarish uchun paketlarni tanlash va ruxsatnomalarni elektron tarzda olish imkonini beradi. Platforma, shuningdek, xizmatlarni bron qilish va mos vaqtni tanlashni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazi o‘zbekistonliklar uchun yangi Umra mavsumi joriy yilning avgust oyidan boshlanishini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

viza Saudiya Arabistoni Umra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing