Saudiya Arabistoni 20 ta mamlakatni “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Olam

image

Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasi sababli 20 ta mamlakatdan qirollikka kirishni vaqtincha taqiqladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Matbuot agentligiga asoslanib xabar berilgan. 

Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligining ushbu farmoni bugun, 3 fevral kuni soat 21:00 dan kuchga kiradi. 

“Sog‘liqni saqlash vazirligining koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarga oid tavsiyalariga binoan Ichki ishlar vazirligi Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Misr, Hindiston, Indoneziya, Irlandiya, Italiya, Livan, BAA, Pokiston, Portugaliya, AQSH, Turkiya, Fransiya, Shvetsiya, Shveysariya, Janubiy Afrika, Yaponiya mamlakatlaridan tashrif buyuruvchi fuqaroligi bo‘lmaganlar, diplomatlar, tibbiyot xodimlari va ularning oila a’zolari uchun mamlakatga kirishni vaqtincha taqiqlashni e’lon qildi”, deyilgan vazirlik bayonotida. 

Taqiqlov boshqa mamlakatlardan kelgan sayohatchilar agarda qirollikka kirish uchun hujjat topshirilgan kundan 14 kun oldin ushbu 20 ta mamlakatdan birini bosib o‘tgan bo‘lsa ham amalda bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

854

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing