Saudiya Arabistoni 19 yilga qamalgan amerikalikni ozod qildi

Olam

image

Bugun, 21 mart kuni Saudiya Arabistoni rasmiylari 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan AQSH fuqarosi Saad Ibrohim al Madiyni ozod qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Saad Ibrohim al Madiy hozirda oilasi bilan Ar-Riyoddagi uyida yashamoqda. Unga qo‘yilgan barcha ayblovlar olib tashlangan bo‘lsada, hali ham uning mamlakatni tark etishiga taqiq qo‘yilgan. 

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni rasmiylari 72 yoshli Saad al Madiyni 2022 yil noyabr oyida Ar-Riyodga kelgach, terrorizmni moliyalashtirish va qirollikni beqarorlashtirish kabi bir qator jinoyatlarda ayblab, hibsga olgan. U 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, joriy yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan apellyatsiya sudi esa jazo muddatini 19 yilga oshirgan.

Manbaga ko‘ra, al Madiy ishi Saudiya Arabistonini tark etishi taqiqlangan boshqa AQSH fuqarolarining ishi bilan bir qatorda Ar-Riyod va Vashington o‘rtasidagi shusiz ham taranglashgan munosabatlarni yanada keskinlashtirgan. AQSH Prezidenti Jo Bayden bu masalani Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al Saud va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon al Saud bilan o‘tgan iyul oyida qirollikka tashrifi chog‘ida ko‘targan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni AQSh fuqarosi Saad Ibrohim al Madiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing