Saudiya Arabistoni 1 noyabrdan xorijiy Umra ziyoratchilariga eshiklarini ochadi

Olam

image

Saudiya Arabistonining Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroporti Koronavirus pandemiyasi sababli o‘rnatilgan cheklovlardan 8 oy o‘tib, Haj va Umra terminalini xorijiy Umra ziyoratchilari uchun tayyorlamoqda. 

Aeroport Qirollikka yetib kelgan ziyoratchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun bir qator ehtiyot choralarini ko‘rdi, deb xabar bermoqda Jidda shahrida joylashgan “Okaz” gazetasi. 

Qayd etilishicha, tashrif buyuruvchilarning ko‘p bo‘lishiga va bu orqali karatin qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun aeroportda kirish-chiqish joylari ajratiladi va ijtimoiy masofani cheklash choralari amalga oshiriladi.

Joriy yilning 1 noyabridan boshlab xorijiy mamlakatlar fuqarolarining Umra ziyoratini bajarish uchun Qirollikka kelishiga ruxsat beriladi. 

Sayohatchilarga Ikki Muqaddas masjidda namoz o‘qish va Madinadagi Payg‘ambar masjididagi Ravda – Muhammad payg‘ambar dafn etilgan xonalarni ziyorat qilish imkoni beriladi. 

Agar Haj va Umra vazirligi bekor qilingan cheklovlar natijasini ijobiy natijaga bergani ishonch hosil qilsa, Qirollik cheklovlarni asta-sekin yumshata boshlaydi. 

Hozirda mavjud bo‘lgan Umra xizmatlarini bosqichma-bosqich tiklashning ikkinchi bosqichi doirasida 250 minggacha ziyoratchilarga Umra ziyoratiga ruxsat berilgan. 

Har bir kichik ziyoratchilar guruhi bu tavof qilishi uchun atigi uch soat vaqt ajratilgan va hech kim Ka’ba va Qora toshga yaqinlashish huquqiga ega emas. 

Masjidul Harom ham har kuni 10 marotaba dezinfeksiya qilinadi va Zamzam suvi qadoqlangan idishlarga tarqatilmoqda. 

Tibbiy guruhlar hovli atrofida bir nechta joylarda joylashgan bo‘lib, koronavirus kasalligiga gumonlanganlar uchun alohida izolyatsiya va tibbiy ko‘rik xonasi ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirollik ziyoratlar 4 bosqichda qayta tiklanishini ma’lum qilgandi. Bular:

Birinchi bosqich, 2020 yil 4 oktyabr kunidan e’tiboran cheklangan miqdorda, Saudiya Arabistoni Podshohligida istiqomat qiluvchilar uchun ichki Umra ziyorati ochilishi kutilmoqda. Bunda ziyoratchilar soni cheklangan bo‘lib, maxsus onlayn navbat dasturi orqali ro‘yxatga olinadi va ularning kunlik umumiy adadi 6 ming nafarni tashkil etadi.

Ikkinchi bosqich, 18 oktyabr kunidan e’tiboran, kunlik ziyoratchilar soni 15 mingga oshiriladi.

Uchinchi bosqich, 1 noyabr kunidan boshlab, xorijlik ziyoratchilarni qabul qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunda kunlik 20 ming ziyoratchiga xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan. Ruxsat etilgan davlatlar ro‘yxati mamlakatlarning epidemiologik holatidan kelib chiqib, Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shakllantiriladi.

To‘rtinchi bosqich, mavjud epidemiologik vaziyat sababli o‘rnatilgan karantin cheklovlari batamom olib tashlangach, Umra ziyorati pandemiyadan oldingi holatdagidek to‘liq tiklanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Umra

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing