“Sariq nimchalilar” namoyishida 275 kishi hibslandi (fotoreportaj)
Olam
−
14 Sentabr 2020 7614 2 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 12 sentyabr kuni Fransiyaning Parij shahrida yana “sariq nimchalilar” namoyishi boshlandi. Namoyishlarda qatnashgan 275 kishi hibsga olingan.
![]()
Parij transport boshqarmasi RATP 12 sentyabr kuni ertalabdan shaharda 50 ga yaqin metro stansiyasi va shahar chetiga qatnovchi poyezd ishlamasligini ma’lum qilgan.
![]()
Huquq-tartibot idoralari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
![]()
Mitingda antifashistik harakat bayrog‘i bilan qora tanli odamlar ko‘rinish bergan. Fransiya rasmiylari ushbu ramziylikni "sariq nimchalilar"ning oldingi mitinglarida zo‘ravonlikda ayblagan radikallar bilan bog‘lashadi.
![]()
![]()
Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab namoyishlarda 8,5 mingga yaqin kishi, shu jumladan Parijda 2500 kishi qatnashgan.
![]()
Fransiya hukumati namoyishlar paytida maxsus vositalardan, shu jumladan rezina o‘qlardan foydalanish qoidalarini biroz kuchaytirdi. Bundan buyon politsiya xodimlari yuqori martabali xodimlarning ruxsati bilan namoyishchilarga qarata o‘q uzishlari mumkin.
![]()
Ma’lumot uchun, Fransiyada “sariq nimcha” nomi bilan ataluvchi namoyishlar 2018 yilning noyabr oyida yonilg‘i solig‘i oshirilishi ortidan yuzaga kelgan jamoatchilik noroziligi vaqtida paydo bo‘lgan.
![]()
Natijada bu soliqlar bekor qilingan, ammo harakat saqlab qolindi va Hukumatga qarshi yirik harakatga aylanib ketdi.
![]()
“Sariq nimchalilar”ning so‘nggi yirik namoyishi 2020 yil 14 mart kuni, mahalliy saylovlar arafasida o‘tkazilgandi. Bu mamlakatda koronavirus sabab qattiq karantin rejimi o‘rnatilishidan 3 kun avval bo‘lgan.
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
Live
Barchasi