“Sariq armiyachilar” MYUni taslim etdi. Sulsher iste’fosi yaqin

Sport

image

Bugun, 20 noyabr kuni Angliya Premer ligasining 12-turi doirasida “Uotford” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi. Uchrashuv kutilmaganda mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tanaffusga qadar “Uotford” 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Gollar King va Sarr tomonidan kiritildi.

Tanaffusdan keyin Sulsher Donni Van De Bekni maydonga maydonga tushirdi. Niderlandiyalik futbolchi o‘z vazifasini bajarib, 4 daqiqadan so‘ng gol urdi. Biroq jamoa sardori Garri Maguayrning qizil kartochkasi o‘yin taqdirini hal qildi. 

92-daqiqada Xuan Pedro va 96-daqiqada Emmanuel Dennisning gollari Hujumlarga zo‘r bergan “Qizil iblislar”ning yirik hisobdagi mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Ushbu uchrashuvdvn so‘ng, manchesterliklar bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher o‘z o‘rnini boshqa murabbiyga bo‘shatib berishi mumkin.

“Uotford” 4:1 “Manchester Yunayted”

Gollar: King (28), Sarr (440, Pedro (77), Dennis (90+4) – Van De Bek (50)

“Uotford”: Foster, Femeniya, Katkart, Nkulu (Trost-Ekong, 64), Mazina, Sissoko, Kleverli, Luza (Joao Pedro, 77), Sarr (Ernandez, 68), King, Dennis.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan Bissaka, Maguayr, Lindelof, Shou (Diogo Dalot, 85), Matich, Bruno Fernandes, Maktominay (Van De Bek, 46), Sancho (Lingard, 90), Ronaldu, Reshford (Marsial, 46).

Ma’lumot uchun, mankunianliklar 17 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalining 7-pog‘onasida bormoqda. “Uotford” esa 13 ochko bilan 16-o‘ringa joylashgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Yunayted Ronaldu Uotford Sul'sher'

Baholaganlar

14

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing