Sardor Umurzoqov hokimlarni qat’iy ogohlantirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 24 sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov hokimlar, soha va tarmoqlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Hukumatdagi manbalarga tayanib yozmoqda.

O‘ta tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda Prezident tomonidan agrosanoat majmui bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar hal qilinmayotgani, mutasaddilarning bu boradagi mas’uliyatini yanada oshirish, ijro intizomini so‘zsiz ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Bundan tashqari, hokimlar va boshqa rahbarlar klasterlar ishiga aralashmasligi, ma’muriy bosim o‘tkazmasligi, balki birlamchi e’tiborini majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda turmush sharoitlarini va infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlik, ayniqsa kichik va oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlashga, odamlarni qiynayotgan masalalarni hal qilishga qaratishi shartligi haqida qat’iy ogohlantirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Umurzoqov

Baholaganlar

902

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing