Sardor Umurzoqov Haj ziyoratiga bordi
Jamiyat
−
14 iyun
415272023 yilning avgustidan buyon umuman Prezident Administratsiyasi tarkibida va Hukumatda ko‘rinish bermayotgan sobiq Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ayni vaqtda Haj amallarini bajarmoqda. Uning Makka shahrida tushgan surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
U boshqa o‘zbekistonlik ziyoratchilar qatorida “Al Ayam Elite” mehmonxonasiga joylashgan va “Oddiy odamlar qatori Haj amalini bajargani keldim”, degan.
Umurzoqovni O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi – muftiy Nuriddin Xoliqnazarov kutib olgani aytilmoqda.
Sardor Umurzoqov Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimida ishlab yurgan kezlari – 2023 yilning iyul oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevga Umra amallarini bajarishda hamrohlik qilgandi.
2022 yilning 16 iyul kuni davlat rahbari farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangan Umurzoqov 2023 yilning 17 avgust kuni ishdan olindi. U nima uchun bu lavozimdan chetlatilgani sabablari ochiqlanmadi, ammo uning ketishi ortidan Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi ham tugatildi.
Umurzoqov esa ishsiz qolgani yo‘q. U shu kunning o‘zida Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Ammo u shundan keyin jamoatchilikka ko‘rinish bermadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr