Sardor Rashidov faoliyatini Dubayda davom ettiradi – manba
Sport
−
11 iyul 7932 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Sardor Rashidov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarining “Dubay Siti” klubida davom ettiradi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaning bildirishicha, 34 yoshli o‘ng qanot hujumchisi Dubay klubi bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekadi. Klub futbolchi transferini yaqin orada rasman e’lon qiladi.

Ma’lumot uchun, Sardor Rashidov joriy yilning fevral oyida Namanganning “Navbahor” klubini tark etgandan buyon erkin agent edi. Qayd etish joiz, hujumchi “Navbahor”dan oldin aynan “Dubay Siti” klubida to‘p tepgan. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. “Transfermarkt” portali futbolchini 75 ming yevroga baholamoqda.
Live
Barchasi