Norchayevga Portugaliya chempionati tramplin bo‘ladi – Sardor Rashidov
Sport
−
30 yanvar 2025 8583 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Husayn Norchayev faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishga yaqin. Portugaliya chempionatida to‘p tepgan o‘zbekistonlik taniqli futbolchi Sardor Rashidov QALAMPIR.UZ bilan suhbatda Norchayevning “Braga”ga o‘tishi bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirdi.
“Albatta, Husaynda yaxshi potensial bor, o‘zbekistonlik futbolchilar xohlagan chempionatlarida o‘ynay olishlarini isbotlab bo‘ldi. Norchayev uchun Portugaliya chempionati yaxshi tramplin bo‘la oladi. Norchayevga omad tilayman, unga ham men kabi xet-trik qilish nasib qilsin”, deydi Rashidov.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Rashidov 2019 yilda Portugaliyaning “Nasonal” jamoasida to‘p tepgan. Rashidov mazkur klubda jami 7 ta bahsda maydonga tushib, o‘yinlardan birida xet-trik qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Norchayev Portugaliya vizasi tayyor bo‘lishini kutayotgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025