Sardor Berdimuhamedov qachon rasman otasining o‘rniga kelishi aniq bo‘ldi

Olam

image

Turkmanistonning yangi saylangan Prezidenti Sardor Berdimuhamedovning rasmiy inauguratsiya marosimi ertaga, 19 mart kuni Ashxoboddagi “Ruxet” kongresslar va san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.

“Turkmenistan segodnya” davlat axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi va Davlat xavfsizlik kengashining kechagi kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Tantanali tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasi tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda 3 million 460 ming 80 saylovchidan 3 million 362 ming 52 nafari, ya’ni 97,17 foizi 9 nafar nomzodga ovoz berdi.

Saylovda amaldagi Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov 72,97 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston

Baholaganlar

352

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing