“Sardoba” suv ombori dambasini qurishda beton va armatura ishlatilmaganmi?
Jamiyat
−
16 may 2020
14844“Sardoba” suv ombori to‘g‘oni turoq-toshdan barpo qilingan. Bu haqda Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov Xalqaro press-klubning Sardobadagi falokatga bag‘ishlangan sessiyasida to‘g‘oni qurilishida armatura ishlatilmagani, quruq tuproq bilan ko‘tarilgani haqida tarqalgan gap-so‘zlarga javob berarkan aytib o‘tdi.
Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonovning aytishicha, to‘g‘onning o‘zi uning loyihaviy konstruksiyasidan kelib chiqqan holda tuproqli-toshli bo‘lgan.
“Suv omborining dambasi uning loyihaviy uning loyihaviy konstruksiyasidan kelib chiqqan holda tuproqli va toshli bo‘lgan va aynan mana shu materiallar ishlatilgan. To‘g‘onning suv chiqaradigan joyi beton hamda armaturadan bo‘lgan, aynan suv chiqaradigan joyi.
Bunday suv omborlari juda ko‘p. Bunda tuproqning turiga qaraladi. O‘zbekistonda beton to‘g‘onlar ham bor, masalan, Andijon suv ombori beton to‘g‘oni hisoblanadi. Bu joyning relefi hamda sharoitiga qarab qilinadi. Sirdaryo, Jizzaxga o‘xshagan hududlarda nafaqat bizda, balki butun dunyoda ham xuddi shu kabi tuproqli to‘g‘onlar qurib foydalaniladi”, deydi Vohidjon Ahmadjonov.
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sardoba” suv ombori fojiasi texnogen omillarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Yevropa va Osiyo mamlakatlari, xususan Fransiya, Turkiya va Rossiyadan eng professional mutaxassislar kelishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi