Sardoba toshqinidan jabrlanganlar uchun qurilgan uylarning narxi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatida Sardoba toshqinidan jabr ko‘rgan aholi uchun qurilgan uylarning narxi 855,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari O‘lmasjon Mamadaminov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 4 790 nafar xonadon egalariga 186,6 mlrd so‘m moddiy yordam mablag‘lari plastik kartalarga tushirilgan. Shundan, 4 541 ta fuqaroga 181,6 mlrd so‘m (40 mln so‘mdan) va 249 ta fuqaroga 5,0 mlrd so‘m (20,0 mln so‘mdan) berilgan.

Toshqin oqibatida uy-joylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolar uchun jami 52,5 ga yer maydonlari tanlanib, 2 640 ta xonadonli 86 ta ko‘p qavatli turar joy qurilgan. Mazkur ko‘p qavatli uylarning narxi shartnoma bo‘yicha 855,4 mlrd. so‘m.

2 577 ta xonadon respublika, viloyat va tumanlar ishchi guruhlari hamda jamoatchilik vakillari tomonidan adolatli o‘rganilib, qur’a tashlash yo‘li bilan egalariga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omborining yorilishi ortidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha o‘tgan yilning dekabr oyi oxirlarida sud boshlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba

Baholaganlar

794

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing