Sardoba suv ombori atrofidagi aholi evakuatsiya qilinyapti

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omboriga yaqin hududdagi aholi evakuatsiya qilindi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi haolat bo‘yicha birlamchi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, bugun, 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan  Sardoba suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

Mazkur vaziyat bo‘yicha zudlik bilan Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Qo‘rg‘ontepa aholisini “Birlik” mahallasiga vaqtincha evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, suv bosishi havfi mavjud bo‘lgan aholi punktlarini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Holat, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan. 

Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Ma’lumot uchun, Sardoba suv ombori gidroinshootida 922 million kub metr suv to‘planadi. Bu Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi unumdor yerlardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Surdoba suv ombori

Baholaganlar

1303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing