“Sardoba ishi” bo‘yicha sud boshlandi. Ish “davlat siri”ga bog‘liqligi uchun yopiq tarzda ko‘riladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 dekabr kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan sudlanuvchilar M. Xolmatov (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi” boshlig‘i lavozimida ishlagan) va boshqa jami 17 kishiga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi.Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rilyapti.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

“Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha alohida bayonot beriladi”, deyiladi xabarda.

Sud jarayoni davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing