Sardoba fojiasi oqibatlarini bartaraf qilishga byudjetdan 1,5 trln so‘m ajratiladi

Jamiyat

image

“Sardoba” suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish maqsadida davlat byudjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratiladi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati ma’lum qildi.

Ushbu mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:

•    Yo‘llar va ko‘priklar qurishga - 390 mlrd so‘m; 

•    Ichimlik suvi tarmoqlarini qayta ta’minlashga - 163 mlrd so‘m; 

•    Xonadonlarni ta’mirlash va yangi uy-joylar massivini barpo etishga - 123 mlrd so‘m; 

•    Irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlariga - 100 mlrd so‘m; 

•    Ijtimoiy soha ob’ektlarini ta’mirlash va barpo etishga - 85 mlrd so‘m; 

•    Elektr tarmoqlar tizimini tiklashga - 68 mlrd so‘m; 

•    Tabiiy gaz tarmoqlarini tiklashga - 22 mlrd so‘m; 

•    Aloqa va kommunikatsiya tizimlarini qayta tiklashga - 13 mlrd so‘m; 

•    Aholi hujjatlarini tiklashga - 1 mlrd so‘m.

Kecha, 15 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev sardobaliklar bilan uchrashuvda suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan uylar davlat tomonidan bepul ta’mirlab berilishini, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qolishini ma’lum qildi.

Shu kuni suv toshqinidan jabr ko‘rgan 4,5 mingdan ortiq xonadon egalariga 40 million so‘mlik moddiy yordam sertifikati, maishiy texnika to‘plami uchun sertifikat va ichida pul mablag‘i bo‘lgan bank kartochkalari tarqatila boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing