Sardoba falokati vaqtida hududda o‘g‘riliklar sodir bo‘lganmidi?

Jamiyat

image

Sardoba toshqini sarosimasida hududda o‘g‘riliklar sodir bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar yolg‘on. Bu haqda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi bugun, 21 may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda talafot ko‘rgan hududlarda o‘g‘irlik jinoyatlari qayd etilayotganligi to‘g‘risidagi noo‘rin va asossiz ma’lumotlar tarqalgan“, deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, talafot paytidagi dastlabki sarosima paytida fuqarolar tomonidan o‘z qo‘shnisi yoki mahalladoshlarining qarovsiz qolgan yoki suv ostida qolib ketishi xavfi bor bo‘lgan uy hayvonlarini o‘zlariga tegishli bo‘lgan yuk avtomashinalarida xavfsiz hududlarga ko‘chirish ishlari amalga oshirilgan va ular saqlanayotgan joylar to‘g‘risida mahalla idoralari va Ichki ishlar organ xodimlariga tegishli ma’lumotlar berilgan.

Qayd etilishicha, talafot yetgan hududlarda IIO xodimlari tomonidan kechayu-kunduz olib borilgan qator profilaktik chora-tadbirlar natijasida, birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Ichki ishlar vazirligi Sardoba suv ombori

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing