Sardoba hodisasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Jamiyat
−
03 may 2020
19318Sardoba suv ombori dambasi o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda bugun, 3 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi xabar qildi
“Joriy yil 01 may kuni Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi“, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish DXX organlariga yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 may kuni Sardoba suv omboriда favqulodda holat yuzaga keldi. Hozirda ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish jarayoni ketmoqda.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar