Saratonga qarshi kurashuvchi eng arzon mahsulotni bilasizmi?

Bu qiziq

image

Bizning kundalik iste’mol qiladigan mahsulotlarimiz aholi orasida ommalashgan ko‘plab kasalliklarga eng yaxshi davo bo‘lishi mumkin. Jumladan, ko‘k choy saraton kasalligining oldini olish yoki ta’sirini kamaytirishga yordam berishini bilarmidingiz? 

Olimlarning izlanishlariga ko‘ra, ko‘k choy tarkibidagi polifenollar terini saratondan himoya qilishga yordam beradi. Shuningdek, ushbu ichimlik ba’zi teri muammolarini yengishga ko‘maklashadi. Ko‘k choy ichgan odam boshqalarga qaraganda kamroq toshmalardan aziyat chekadi.

Olimlar, shuningdek, ichimlik tarkibidagi polifenollar va boshqa biologik faol birikmalar saratonning ko‘plab turlaridan himoya qilishini isbotladi. Ko‘krak saratoni, kolorektal saraton, jigar saratoni, tuxumdon saratoni, prostata saratoni, og‘iz saratoni hamda teri saratoni, shular jumlasidandir. 

“Tadqiqotchilar, shuningdek, polifenollar saraton hujayralarini o‘ldirishga yordam beradi va sog‘lom hujayralarni saratonga olib keladigan mutatsiyalardan himoya qiladi”, deydi parhez bo‘yicha mutaxassis Ketrin Bruking.

Ko‘k choy va saraton kasalligi bo‘yicha 5000 dan ortiq tadqiqotlar, jumladan, inson klinik sinovlari, aholini o‘rganish va laboratoriya tahlillari nashr etilgan. Xususan, “Journal of Medicinal Food” jurnalida chop etilgan klinik tadqiqotga ko‘ra, har kuni ko‘k choy ekstrakti va L-theanine qo‘shimchasini iste’mol qilgan ishtirokchilar xotiraning mustahkamlanishi, diqqatlilikning ortishi va dunyoga ijobiy qarash kabi ijobiy ta’sirlarni sezgani aytilgan.  

“Ko‘k choy tarkibida L-theanine aminokislotasi mavjud bo‘lib, u diqqatni ma’lum bir vazifaga qaratishga yordam beradi. Bu qahva o‘rnini bosuvchi ajoyib vositadir”, deydi diyetolog Sara Kaushik.

Ko‘k choyning boshqa kasalliklar uchun ham foydalari bor. Jumladan, u qondagi shakar miqdorini kamaytirishga yordam beradi va shu bilan birga 2-darajali diabet kasalligining oldini oladi. Shuningdek, ko‘k choy yurak kasalliklarida ham yaxshigina malham bo‘ladi. 

“Yurak salomatligi haqida gap ketganda, ko‘k choy haqiqiy "super yulduz"dir. Ichimlik tarkibidagi polifenollar xolesterin darajasini oshiradi. Bu yurak-qon tomir salomatligining asoslaridan biri hisoblanadi”, deydi ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Lissi Lakatos.

Bundan tashqari, Yaponiyada o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga besh finjondan ko‘proq ko‘k choy ichish yurak xuruji yoki insultni boshdan kechirish xavfini 26 foizga kamaytiradi.

L-theanine shuningdek, tashvishni kamaytirishi mumkin. Buning natijasida ruhiy salomatlik yaxshilanadi va stress "yumshaydi". Shu sababli ham sizlarga ko‘k choyni ko‘proq ichishni tavsiya qilamiz.


Maqola muallifi

Teglar

mahsulot saraton diabet ko'k choy teri muammolari saxr yurak-qon tomir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing